Uyqusizlik. Uyqusizlikning sabablari har xil. Haddan
ziyod charchasa, hayajonlansa, og’ir ruhiy kechinmalarni boshdan kechirsa
sog’lom kishi ham uyqusiz bo’lishi mumkin.
Nerv sistemasi o’ta
qo’zg’aluvchan kishilarda esa arzimas
sabablar bilan bir oz hayajonlanish ham uyquni buzadi. Uyqusizlik ba’zan har
xil umumiy kasalliklarda, harorat ko’tarilganda, qon aylanishi buzilganda,
nafas yo’llari kasallanib yo’tal tutadigan
va nafas siqib turadigan paytlarda, nevrozlarda kuzatiladi. Uyqusizlikda
ko’pincha odam uzoq vaqt uxlolmay yotadi yoki uxlasa ham tez orada uyg’onib,
qayta uxlolmaydi yohud uyqusi tun mobaynida bir necha marta bo’linadi.
Uyqusizlikka qilinadigan davo uning sabablariga bog’liq. Sog’lom
kishilarda dori-darmon qilmay turib ham uyqusi asliga keladi. Faqat
shovqin-suron, yorug’likni bartaraf etish, xonani yaxshilab shamollatib qo’yish
kifoya. Uyqusizlikning oldini olish uchun yotish oldidan ovqat yeyish,
shuningdek, achchiq choy va kofe ichmaslik kerak. Nerv sistemasi ortiqcha
qo’zg’aluvchan odamlarga dam olish, uyqu oldidan sayr qilish, umumiy va oyoq
vannalari qabul qilish tavsiya etiladi. Ba’zan vrach buyurgan tinchlantiruvchi
yoki uxlatuvchi dorilarni qabul qilishga to’g’ri keladi. Uyqusizlik umumiy
kasalliklarga aloqador bo’lsa, avvalo o’sha kasalliklarni davolash kerak.
Uyqusizlik uzoq davom etsa, vrachga murojaat qilish zarur.
***
Uyqusizlik – ruhiy zo‘riqish sababchisi
Kuzatuvlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda insonlar uyqu
uchun tobora ko‘p vaqt ajratishyapti, biroq yoshlar orasida buning aksini
kuzatish mumkin.
Bu holatni avstraliyalik professor Nik Glozer bugungi
yoshlar yotog‘i turli elektron qurilmalarga to‘lib ketgani bilan izohlaydi.
17 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 20 ming nafar kishi o‘rganilganda shu
narsa aniqlandiki, besh soat atrofida uxlaydigan yoshlarda ularning 8-9 soat
uxlaydigan tengqurlariga nisbatan ko‘proq asab buzilishlari kuzatilgan.
Sutkasiga olti soatdan kam uxlaydiganlarning yarmidan ko‘pi u yoki bu
ko‘rinishdagi ruhiy zo‘riqishlardan aziyat chekadi.
***
Uyqusizlik sababi aniqlandi
Olimlar inson miyasidagi neyrokimyoviy farqlarni
solishtirish orqali nega yaxshi uxlay olmasligi sababini aniqlashdi.
Mutaxassislar uyqusizlik azobini tortayotgan odamlar
miyasini o‘rganishar ekan, inson va sut¬emizuvchilar miya faolligida
gamma-aminomoy moddalari (GABA)ning kamayib ketishi uyqusizlikka asosiy sabab
ekani ma’lum bo‘ldi.
Proton magnit-rezonans spektroskopiya yordamida olimlar gamma-aminomoy
kislotalarning sinovchanlik kontsentratsiyasini va GABA darajasini uyqusi yomon
insonlar miyasidagi holat bilan taqqoslashdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar
shuni ko‘rsatdiki, GABA miqdorining pasayib ketishi simptomlari asabiy-ruhiy
tartibsizlik natijasida ham sodir bo‘ladi.
***
Uyqusizlik haqida
Barchamizga ma’lum, agar kechasi mazza qilib to'yib
uhlab olsak, ertasi kuni kayfiyatimiz a'lo bo'lib, aqliy va jismoniy
faoliyatimiz oshadi. Bo'shashishlik alomatlaridan holi bo'lib, o'zimizni yaxshi
his etamiz. Ammo uyqusizlik bizni bezovta qilayotgan bo'lsachi? Quyidagi
maslahat uyqusizlikka chalingan insonlar uchun.
1. Kechga yaqin ko'p ovqat iste’mol qilmaslikka
harakat qiling. Agar qorin judayam och bo’lsa yotishdan 2 soat oldin yengil
taom yeyish mumkin.
2. Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol
mahsulotlarini iste'mol qilmaslikka harakat qiling.
Uning urniga iliq sut yoki o't damlanmasi qo'shilgan
suv ichgan ma'qul. Chunki bu ichimliklar nerv sistemasini tinchlantiradi va
uyquga ketishda yordam beradi.
3. Uhlashdan oldin har xil faol, harakatchan,
qo'rqinchli filmlarni ko'rish tavsiya etilmaydi. Uning o'rniga o'zingiz
yoqtirgan tinchlantiruvchi musiqa eshiting, rasmlar ko'ring yoki kitob o'qing.
4. Iloji bo'lsa, uyqudan oldin ko'chaga chiqib, 10-15
daqiqa aylanib keling.
5. Agar uyqu moyilligini oshiruvchi dorilarni
ichayotkan bo'lsangiz, ularni kamaytirishga va u dorilarsiz uxlashga harakat
qiling. Chunki bu dorilar ularga ko'nikmangiz oshishiga olib kelishi mumkin.
6. O’zingizga qulay, toza o'rinda, qorong'i, tinch va
kislorod bor xonada yoting.
7. Yotgan mahalda muammolar haqida o’ylamang.
Yuqoridagi maslahatlardan foydalansangiz uyqingiz osuda bo’ladi.

|