Bo'limlar |
|
 |
Buyurtmalar |
|
|  |
Harf bo'yicha |
|
 |
Mini chat |
|
|
 |
So'rovnoma |
|
 |
Tashrifchilar |
|
 |
|
Bosh » Taomlar
AYRON
— qatiqning kuv (guppi) da moyi ajratib
olingadan so’ng qolgan suyuq qismi. Bu ichimlik jazirama issiq kunlarda chanqoqni
bosadi. Ayrondan suzma (chakki), qurt ham qil... Davomini o'qish »
|
AZU—mol
va qo’y go’shtinnng lahm qismidan tayyorlanadigan quyuq taom. Go’sht parda va bezlardan
tozalanadi, eni 2 sm va uzunligi 3—4 sm qilib nimtalanadi va usti pushti rang bo’l-guncha
tovada qovurilib, so’ng qozonga solinadi.
... Davomini o'qish »
|
Nisholda –
shirinlik turi. Tayyorlash usuli : sirli idishga shaker va suv solib
qaynatilib, qiyom tayyorlanadi va sovutiladi. Yetmak (beh) o’simligining ildizi
tozalanadi va maydalab suvda qaynatiladi.
... Davomini o'qish »
|
Norin –
yoyilgan va pishirlan xomir , go’sht va qazidan yattorlanadigan milliy taom.
Norin tayyorlash uchun qazi va go’sht sovuq suvli idishga solinib, 1,5 – 2 soat
davomida mildiratib qanatiladi.
... Davomini o'qish »
|

Qimiz – biya suti va boshqa chorva mollarining
qaymog’I olingan sutidan tayyorlanadigan sut kislotali parhez ichimlik. Qimiz
sigirning qaymog’I olingan sutdan tayyorlanadigan bo’lsa, unga sut zardobi (20%
gacha) va shaker (2,5% gacha) qo’shiladi. Qimiz tayyorlanadigan sut
pasterizatsiyalanadi, sovutilgach, maxsus achitqi solinadi.
... Davomini o'qish »
|
Mors
– shakar qo’shilgan mva va rezavor mevalarning sovutilgan qaynatmasidan
tayyorlangan salqin ichimlik. Mors kisel kabi
tayyorlanadi, faqat kartoshka uni qo’shilmaydi.
... Davomini o'qish »
|
Kisel yangi
pishgan mevalar, ularning sharbatlari, sut, vino va boshqalardan tayyorlanadi.
Suyuq va quyuq kisellar pishirish mumkin. Quyuq kisel ustini parda
bog’lamasligi uchun ustiga yupqa qilib shaker (yoki qand uni) sepish tavsiya
etiladi. Kisel odatda, sovugan holda iste’mol qilinadi.
... Davomini o'qish »
|

Chak-chak – xamirdan tayyorlanadigan shirinlik turi.
Chak-chak uchun tuxumning sarig’i tog’orachaga solinib atalanadi va unga tuz
qo’shib, xamir qoriladi. Xamir bir oz o’rab tindirilgach, o’qlov bilan 2 mm qalinlikda yoyiladi.
Yoymadan eni 2,5 sm li tasmalar kesib olinib, undan gugurt cho’piday yoki
vermishelday ugralar kesiladi. ... Davomini o'qish »
|

Tolqon – bodroq, un, oqishoq, so’k, qo’y yog’i, mayiz,
mag’iz va boshqalardan tayyorlanadigan taom. Qovurilgan bodroq qand bilan birga
kelida tuyilib, so’ng elab olinadi. Talqon sutli choy va qaymoqqa qo’shib
iste’mol qilinadi.
|
Patir – non turi. Iliq sutda tuz va xamir eritiladi,
qo’y yog’I (yoki sariyog’) qo’shib xamir qoriladi. Xamir oshgach, 500g li
zuvalalar uziladi. Zuvaladan chekkalarining qalinligi 3-4 sam, o’rtasining
qalinligi 1 sm keladigan non yasab, uning yupqa joyiga zich qilib chakich
uriladi. Yasalgan patir betiga 15-20
minut dasturxon yopib qo’yiladi.
|
Qurtova – suzma qurtdan tayyorlanadigan taom. Suzma
qurt tuyilib, elakdan o’tkaziladi va issiq suvda yog’och qoshiq bilan
atalasimon massa
hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Shu mahsulot qozonga solinib, bir qaynatib
olinadi va sariyog’ qo’shib, so’ng olovdan olinadi.
... Davomini o'qish »
|

Qurt – suzma qatiqdan tayyorlanadigan mahsulot. Ma’lum
miqdordagi suzmaga tuz qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan
massadan yong’oqdek sharchalar hosil qilinadi taxtaga terib, 2-3 kun oftobga
qo’yib quritiladi. Qurtlarinig ustiga chang tushmasligi uchun doka yopib
qo’yilishi lozim.
... Davomini o'qish »
|

Shirguruch
– sut va gurunchdan tayyorlanadigan quyuq taom. Gurunchni tozalab 3-4 marta
yuviladi. Qozonga 0,5 litrcha suv quyiladi. Suv qaynab chiqqach, tayyorlangan
gurunch va ozgina tuz solinadi. Gurunch pishgach, sut qo’shiladi. Sut gurunchga
singishiga qarab 3-4 marta bo’lib-bo’lib quyilishi, taom esa to’xtovsiz kovlab
turilishi lozim.
... Davomini o'qish »
|
Tabaka – tovuqdan tayyorlanadigan quyuq taom. Tozalangan jo’ja ko’kragidan to qoringacha kesiladi va urgich bilan yapaloq holga keltiriladi. So’ngra tuz va ziravorlar sepib, qizdirilgan yog’da to’q jigar rang tusga kirguncha qovuriladi.
|

Ragu –
quyuq taom. Go’shtni (qo’y, quyon, buzoq yoki parranda go’shti) suyagi bilan
lo’nda-lo’nda (30-40g li) bo’laklarga bo’lib chopiladi.
Qo’y
g’oshtidan tayyorlangan ragu. Suyakli qo’y go’shti bo’laklari (qovurg’a va
kurak qismi) tuzlanib, yog’i qizdirilgan qozonda pushti rang qobiq hosil
bo’lguncha qovuriladi. Go’sht qovurilgach, qozonga bul’on yoi suv va tomat
pyure qo’shib, sust olovda 45-60 minut davomida dimlab pishiriladi. So’ng
qozonga parr... Davomini o'qish »
|

Buyrak (mol
va qo’y buyragi) – quyuq taomlar (asosan qovuriladi) tayyorlashda ishlatiladi.
Mol buyragining yoqimsiz ta’mini yo’qotish uchun buyraklar dastlab 2-3 soat
sovuq suvga solib qo’yiladi, so’ng issiq suv bilan tozalanadi. Qo’y buyragi esa
uzunasiga ikkiga bo’lib, ustidagi pardasi olib tashlanadi va sovuq suvda hidi
ketguncha yuviladi.
Qovurma
buyrak tayyorlash uchun tozalangan buyrak tilim-tilim qilib kesiladi, tuz,
murch sepib, unga bilana... Davomini o'qish »
|

Murch –
murchdoshlar (murchgullilar) oilasiga mansub o’simlikning quritilgan mevasi.
Yetilib pishmagan mevasini qurutib qora murch, yahshi pishgan mevasini quriti
esa oq murch olinadi. Bu ikkala turdagi murch bir-biridan rangi bilangina emas,
balki tamining achchiqligi va hidining o’tkirligi bilan ham farqlanadi. Oq
murch o’zining kefir moylari va o’tkir mazasi jihatidan qora murchdan keyinda
turadi. Ovqatga tuyilgan va tuyilmagan holda solinadi.
... Davomini o'qish »
|

G’oz.
xonaki g’ozdan har xil taomlar tayyorlanadi (g’oz go’shtini tayyorlash haqida
uy parrandasi maqolasiga qarang).
Yovvoyi
g’ozning go’shti xonaki g’oznikiga nisbatan qattiq, yog’i kam bo’ladi. Yovvoyi
g’oz ko’pincha qovuriladi yoki har xil souslar bilan duxovkada pishiriladi.
Yovvoyi g’ozning ichak-chavog’I boshqa yovvoyi qushlarniki singari ovqatga
ishlatilmaydi.
... Davomini o'qish »
|

Kakao (Какао)
Kakao-
tropik kakao daraxtining urug’idan tayyorlanadigan poroshok; tarkibida 15%gacha
yog’ bor. Kakaodan issiq va sovuq ichimliklar tyyorlanadi, shuningdek,
shirinliklar (krem, muzqaymoq), pomadka, shakar-qiyom va boshqalarga
qo’shiladi.
Issiq kakao
(bir stakan). Kichik kastryulkaga ikki choy qoshig’ida kakao poroshogi, shakar
(tabga ko’ra), bir oz sut solib, proshok qumoqlari yo’qolguncha eziladi. Hosil
bo’lgan bo’tqaga oz-ozdan issiq sut (bir stakancha) quyiladi va qaynagan ... Davomini o'qish »
|
Bo’g’irsoq
Bo’g’irsoq – xamirdan tayyorlanib,
yog’da pishiriladigan taom. Bo’gi’irsoq ikki xil bo’ladi:
Oshirma bo’girsoq va patir
bo’g’irsoq. Bo’g’irsoq tayyorlash uchun elangan bug’doy uniga suv, ichimlik
sodasi, sut, shakar, tuxum, yog’ solib xamir qoriladi va bir oz tindirib
qo’yiladi. Tingan xamirni yaxshilab mushtlab, pilta qilinadi, pichoq bilan
yong’oqday va u... Davomini o'qish »
|
|
|
|
Maslahatlar |
|
|
 |
Kirish |
|
|
 |
Qidirish
|
|
 |
Kalendar
|
| « May 2012 » | | Du | Se | Ch | Pa | Ju | Sh | Ya | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | | 28 | 29 | 30 | 31 |
|
 |
Arxiv
|
|
 |
|