Na’matak - 30 Сентября 2011 - Xonadon ensiklopediyasi
  
Dushanba
21.05.2012
10:49
Saytimizga xush kelibsiz, Гость !  
Guruh "Mehmon"
RSS
 
Главная Мой профиль Выход                            
 Bo'limlar
Taomlar [24]
Tibbiyot [10]
Kosmetika [7]
Uy [3]
Islom [1]
Tikuvchilik [1]
O'simliklar dunyosi [5]
Xonadon.UZ [1]
Onalik baxti [3]
Avto [1]
Informatika [1]

 Buyurtmalar

 Harf bo'yicha

 Mini chat

So'rovnoma
Saytimizga baho bering
Всего ответов: 85

Tashrifchilar
FastCounter Voydod Rank Яндекс.Метрика
free counters
13.08.2011 dan buyon
Barcha saytdagilar: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0

Главная » 2011 » Sentabr » 30 » Na’matak
07:53
Na’matak

    Na’matak – yovvoyi buta. Yer yuzining deyarli hamma yerida tarqalgan. To’q qizil, qattiq mevalari kosacha barglari bilan terib olinadi. Tarkibida 4500 mg % S vitamin, 4 mg % karotin (A provitamini), P vitamini, 8% gacha qand, 2% gacha kraxmal hamda 5% gacha azotsimon moddalar bor.


   


   S vitamini olishda muhim xom-ashyo hisoblanadi. Uy sharoitida na’matakni quritish mumkin. Farmasevtikada na’matakning preparatlari poroshok, draje, damlama, ekstraktlar holida ishlatiladi va har xil oziq-ovqat va dorivor konsentratlar tarkibiga kiritiladi. Na’matakdan tayyorlangan maxsus ekstrakt – xolosas jigar kasalligida ishlatiladi.

 

   Na’matak mevasidan vitaminli ichimlik tayyorlash. Quritilgan na’matak mevasi yaxshilab sovuq suvda yuvilgach, bir oz maydalanadi (S vitamini yaxshi erishi uchun) va qaynab turgan suvdan quyib (1 oshqoshiq na’matakka 1 stakan suv hisobidan) sirli idishga damlanadi (sirlanmagan idishlardan foydalanilsa, S vitamini parchalanib ketishi mumkin). Damlangandan so’ng 10 minutcha qaynatiladi. Qaynatib bo’lgach, na’matak qaynatmasi mevasi bilan birgalikda shisha idishga ag’dariladi va usti yopilib bir qancha soatga yoki bir kecha iliq joyga qo’yiladi. So’ngra qaynatma dokadan suziladi (mevasi yaxshilab siqiladi). Shu tariqa juda xushbo’y, bir oz nordon ichimlik tayyorlanadi. Ta’mi yana ham yaxshi bo’lishi uchun ozgina shakar ham qo’shish mumkin. Ichimlik tayyorlangan kuniyoq iste’mol qilinishi lozim, aks holda undagi S vitamini parchalanib ketadi. Bu ichimlikdan katta yoshdagi kishilar kuniga 1-2 stakan, bolalar esa 1 stakan ichishi mumkin. Agar na’matakni termosda 10-12 soat damlab qo’yilsa (20 gr mevaga 1 stakan qaynoq suv hisobidan), S vitamin yaxshi saqlanadi.

 

YIRIK MEVALI VA SERVITAMIN NA`MATAK TURLARI, SHAKLLARINI TANLASH VA  KO`PAYTIRISH

    Na`matak mevalari tabiiy vitaminlar  konsentrati deb ataladi, uning ko`plab  turlari mevalarida yuqori  miqdorda (8 % gacha) S vitamini uchraydi. Bu holat na`matak mevalarini tibbiyot va oziq-ovqat sanoati uchun qimmatli  xom-ashyo resursiga aylantirgan. Na`matak mevasida S vitaminidan tashqari R vitamini (rutin), V1, V, K, karotin, mavjud. Mevalarida flavonol glikozidlarlardan kempferol va kversetin, qandlar (18 % gacha) oshlovchi moddalar (4,5 % gacha) pektinlar (3,7 % gacha) organik kislotalardan limon kislotasi (2 % gacha), olma kislotasi (1,8 % gacha) uchraydi. Ko`p miqdorda kaliy tuzlari borligi qayd etilgan. Asosiy mikroelementlardan temir, marganets, fosfor, kalsiy va magniylar uchraydi.    Na`matak mevalari ishtirokida vitaminli dorivor choy yig`malari tuzilgan va ular tibbiyotda keng qo`llaniladi. Na`matak mevalari asosida xolosas, na`matak sharbati, na`matak balzami kabi dorivor vositalar tayyorlanadi va ular singa, kamqonlik, gemofiliya, ateroskleroz kasalliklarini davolashda muvaffaqiyatli qo`llanilmoqda. Xolosas preparati jigar kasalliklarini (xoletsistit, gepatit) davolashda yaxshi samara bermoqda.S vitamini na`matak mevasida qora smorodina mevasidan 10 marta, limondan 50 marta, olmadan 100 marta ko`proq uchraydi. Na`matak mevasidv oksidlovchi fermentlar  uchramasligi sababli S vitamini uzoq vaqt parchalanmasdan saqlanadi. Na`matak mevalari fitonsidlik va bakteritsidlik xususiyatlariga ega, ko`p miqdorda antioksidantlar mavjudligi qayd etilgan.


   Na`matak urug`lari (3-rasm) tarkibida qimmatli na`matak yog`i mavjud,uning tarkibida 10 mg% karotin, 200 mg% ye vitamini,linolein (56,71%) va olein (29,32%) kislotalari uchraydi.


Mutaxassislar fikrlari


    Na’matak mevasi tarkibida darmondorilar, kislotalar, oshlovchi moddalar, urug’ida moy va boshqa birikmalar, mineral tuzlar, kaliy, magniy ko’p. Mevasidan tayyorlangan damlama va qaynatmalar xalq tabobatida o’pka sili, jigar, o’t qopchasi yallig’lanishi, me’da-ichak, buyrak, qovuq kasalliklarini davolashda, isitma tushiruvchi, o’t va siydik haydovchi dori sifatida qo’llaniladi

Категория: O'simliklar dunyosi | Ko'rilgan: 341 | Qo'shilgan: fike0819 | Rеyting: 0.0/0
Barcha izohlar: 1
0  
1 Tommy   (11.11.2011 13:37)
BION I'm impsersed! Cool post!

Имя *:
Email:
Код *:

Tabrik


Maslahatlar

Kirish
E-mail:
Parol:

Qidirish

Hamkorlar

Onalar uchun yordam

UCOZ.RU

WWW.UZ

www.8canal.uz


Kalendar
«  Sentabr 2011  »
DuSeChPaJuShYa
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930

Arxiv


Xonadon ensiklopediyasi © 2012
Administrator: Feruz Rahomov - fike0819@mail.ru    $Хостинг от uCoz