Mors (Морс) tayyorlanishi - 8 Сентября 2011 - Xonadon ensiklopediyasi
  
Shanba
25.05.2013
10:59
Saytimizga xush kelibsiz, Mehmon !  
Guruh "Mehmon"
RSS
 
Главная Мой профиль Выход                            
 Bo'limlar

 Menu

Saytga kirish

 Buyurtma

 Baholash
Saytimizga baho bering
Всего ответов: 177

 Tashrifchilar
Search.uz FastCounter free counters
Free counters
Barcha saytdagilar: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Bosh » 2011 » Sentabr » 8 » Mors (Морс) tayyorlanishi
18:11
Mors (Морс) tayyorlanishi

   

  Mors – shakar qo’shilgan mva va rezavor mevalarning sovutilgan qaynatmasidan tayyorlangan salqin ichimlik. Mors kisel kabi tayyorlanadi, faqat kartoshka uni qo’shilmaydi.

   



Kisel yangi pishgan mevalar, ularning sharbatlari, sut, vino va boshqalardan tayyorlanadi. Suyuq va quyuq kisellar pishirish mumkin. Quyuq kisel ustini parda bog’lamasligi uchun ustiga yupqa qilib shaker (yoki qand uni) sepish tavsiya etiladi. Kisel odatda, sovugan holda iste’mol qilinadi. Quyuq kisel dasturxonga sut yoki qaymoq bilan tortiladi.

     Smorodina kiseli. Tozalangan va yuvilgan smorodina qoshiq bilan eziladi, dokadan o’tkaziladi va sharbati yopiq idishga solib qo’yiladi. To’poni ustiga qaynoq suv qu yib qaynatiladi, so’ng suziladi. Kraxmalni aralashtirish uchun ozgina (0,5 stakan) qaynatma sotiladi, qolganing ichiga shakar qo’shib, qaynog’iga yetkaziladi. So’ngra tayyorlangan kartoshka uni (kraxmal) aralashmasini quyib, qaynaguncha yog’och qoshiq bilan muntazam kovlab turiladi. Kisel qaynashi bilan olovdan olinadi. Sovutilgan tayyor kiselga oldindan tayyorlangan smorodina sharbati quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Meva nordon bo’lmasa, ta’bga ko’ra limon kislotasi qo’shiladi.

   3 stakan suv uchun 1 satakan smorodina, 0,5 stakan shaker, o’rtacha quyuqlikdagi kisel uchun – 1 oshqoshiq kartoshka uni kerak bo’ladi.

   O’rik, olma, olxo’ri, olcha kabi yangi uzib olingan meva kisellari quyuq smorodina kjiseli kabi tayyotlanadi, faqat mevalar avval kam miqdordagi suvda ezilguncha qaynatiladi, so’ng suziladi.

   Meva sharbati yoki qizil vinodan tayyorlanadigan kisel ham huddi smorodina kiseli kabi pishiriladi, faqat smorodina o’rniga 2 stakan sharbat yoki vino ishlatiladi.

Kategoriya: Taomlar | Ko'rilgan: 774 | Qo'shdi: fike0819 | Teglar: морс тайёрланиши, mors tayyorlash, таом | Reyting: 0.0/0
Barcha izoglar: 2
0  
2 Ricardo   (17.08.2012 13:50)
Sapov xaqiqatdan xam Uznetda kotta ish qildi, gap yo'q! Gaplariga qaaragnda u raqobatchilarni yaxshi ko'radi, bu ajoyib! Unda Uz net ni yanayam rivojlantiramiz! Afisha.uz va Uni .uz juda Uz.netga yarashsa kerak

0  
1 Umidjon   (18.03.2012 22:36)
Mingdan ming rahmat ma'lumot uchun ! Örganib oldim.

Ism *:
Email *:

Все смайлы | Регистрация

 Tabrik

 Qidirish

Maslahatlar
< Pishloqni oson qirmoqchi bo'lsangiz,15 daqiqa muzxonaga qo'ying.

< Pechenyelaringiz yumshab qolgan bo'lsa,ularni bir necha daqiqa duxovkada "qotiring"

< Tomatingiz judayam nordon bo'lsa,ichiga 1 dona sabzini qiring.Sabzi nordonligini oladi.

< Bodiringni pustini archishdan oldin ohirgi tomonini (yani dumini) dumaloq shakilda kesib bir biriga oq kupigi chiquncha ishqalasangiz achigi ketadi

< Kartoshka yaxshi artilishi u-n uni tuzli sovuq suvda biroz ushlab turing.

< Past olovda qovurilgan tuxum mazali chiqadi.

< Sho'rvaga solingan kartoshka ezilib ketmasin desangiz,bir necha joyiga sanchqi suqib qo'ying.

< Tuz nam tortib qolmasligi uchun tahta idishda saqlang.

< Kolbasalar bazan ustidagi terisi oqarib, quriy boshlaydi, siz kolbasalarni limon bilan arting.

< Ba’zan bankalarni ocholmay qiynalamiz, bunday holda siz bankani tagiga qattiq shaklda uring/

< Sabzavotlarni qaynatganda tabiiy rangini saqlab qolish uchun suvga ozgina soda qo'shib yuborish kerak.

< Eng yopishqoq xamirni ham sovuq suv to‘la shisha bilan yopib olish mumkin.

< Qat-qatli shirinliklarni pishirishdan oldin ustiga tuxum surtmang, bu ularning yaxshi ko‘tarilishiga xalal beradi.

< Achitqili xamirga saryoq o‘rniga margarin qo‘shsangiz bulochkalaringiz bir necha kun davomida yumshoq turadi.

< Sut dog‘i sovuq, sovunli yoki nashatir spirti qo‘shilgan suvda ketadi.

< Lab bo‘yog‘idan qolgan dog‘ni spirt bilan tozalash mumkin, lak dog‘ini juda extiyotkorlik bilan atseton orqali tozalash mumkin.


Reklama


Xonadon ensiklopediyasi © 2013
Administrator: Feruz Rahomov - fike0819@mail.ru    $Хостинг от uCoz