Ko’zgu, uy ko’zgusi. Ko’zguning osma, stol ustiga
qo’yiladigan, shkafga va shkaf eshigiga o’rnatiladigan, tryumo (maxsus taglikka
o’rnatilgan katta toshoyna) va boshqa turlari bor. Uni kishiga yorug’lik bir
tekisda tushadiga joyga qo’yish kerak.
Tik turgan kishining aksi to’la va
to’g’ri ko’rinishi uchun ko’zg’uning yuqori chegarasi 1750 mm dan, o’tirib
qaraladigan bo’lsa 1300 mm
dan past bo’lmasligi kerak. Gavdani to’la ko’rishga mo’ljallangan ko’zguning
o’lchami 1000 mm
x 300 mm,
belning yuqori qismini ko’rish nazarda tutilganda 550 mm x 300 mm dank am bo’lmasligi
lozim. Ko’zgu quyosh nuri tik tushadigan joyga va issiq joy yaqiniga
o’rnatilmasligi kerak, chunki tez xiralashadi. Uni nam devorga, umuman nam
joyga ham o’rnatmaslik kerak, aks holda ko’zguda dog’lar hosil bo’ladi.
Ko’zgularni yuvib tozalab turish uchun maxsus preparatlar ishlab chiqilga.
Tozalaydigan massani uyda ham tayyorlasa bo’ladi: 1 oshqoshiq bo’r kukuni (yoki
tish poroshogi) ni 1 stakan suvga 1 oshqoshiq sirka aralashtirib qoriladi, qizdirib
cho’kindisi cho’kib tinguncha o’z holiga
qo’yiladi, suvi to’kiladi, stakan tagida qolgan qolgan butqasi – cho’kindi
bilan ko’zgu tozalanadi. Chuncha miqdordagi bo’r bilan noshatir spirit qo’shib
hosil qilingan bo’tqa bilan ham tozalash mumkin. Bunda nihoyatda yumshoq qog’oz
yoki latta bilan artilsa ko’zgu tiniqlashadi. Toza ko’zguni sinka qo’shilgan
suv bilan ham artib tozalash, yarqiratish mumkin.  |