
Chak-chak – xamirdan tayyorlanadigan shirinlik turi.
Chak-chak uchun tuxumning sarig’i tog’orachaga solinib atalanadi va unga tuz
qo’shib, xamir qoriladi. Xamir bir oz o’rab tindirilgach, o’qlov bilan 2 mm qalinlikda yoyiladi.
Yoymadan eni 2,5 sm li tasmalar kesib olinib, undan gugurt cho’piday yoki
vermishelday ugralar kesiladi.
So’ngra o’gralar qizib turgan yog’da qavurib
olinadi. Boshqa idishga asal solib olovga qo’yiladi. Qiyom tayyor bo’lganligini
bilish uchun likopchaga tomizib ko’rish lozim. Agar qiyom oqib ketmasa u tayyor
bo’lgan bo’ladi. Tayyor ugralar qiyomga (sovumasdan) aralashtiriladi va
yog’langan chuqur likopchalarga solinib, qo’l bilan bosiladi. Tayyor
chak-chakning ustini chaqilgan yong’oq yoki mayda konfetlar bilan bezash
mumkin.
1 ta (o’rtacha kattalikdagi) chak-chak tayyorlash uchun 1 kg un, 10 ta tuxum, 0,5
choyqoshiq tuz, 1 kg
asal, 1 stakan shakar va 1,5
kg sariyog’ yoki eritilgan yog’ kerak bo’ladi.
|