
Benzin – neftni qayta ishlashdan hosil bo’ladigan
mahsulot. O’ziga xos hidli, tiniq, oson alangalanadigan suyuqlik. Uy sharoitida
toza benzin yog’, moyli bo’yoq, stearin, paraffin, mum va hokazolarning dog’ini
ketkazishda ishlatiladi.
Benzinni yaxshi yopiladigan shisha yoki plastmassa
idishda (rezina tiqin yaramaydi) olov, elektr plitka va boshqa isitkich
asboblaridan uzoqroq joyda saqlash kerak. Benzindan foydalanishda ehtiyot
bo’lish lozim, uning yaqinida olov yoqmaslik lozim. Agar benzin yonib ketsa, uni
aslo suv bilan o’chirmaslik kerak, alangani qalinroq narsa, (gazlama) bilan
yopish lozim. Benzin bug’I bor binoda uzoq ishlamaslik kerak, chunki bu hayot
uchun ancha xavfli. Shuning uchun benzin ishlatiladigan binoni ish tugagach,
yaxshilab shamollatish zarur. |