AZU—mol
va qo’y go’shtinnng lahm qismidan tayyorlanadigan quyuq taom. Go’sht parda va bezlardan
tozalanadi, eni 2 sm va uzunligi 3—4 sm qilib nimtalanadi va usti pushti rang bo’l-guncha
tovada qovurilib, so’ng qozonga solinadi.
Tomat yoki to’g’ralgan pomidor, mayda to’g’ralgan va qovurilgan piyoz qo’shib, ustidan sho’rva
yoki issiq suv solinadi. Taom usti berk holda past olovda 40—50 minut damlanadi
Masalliq dam egach, qozonga bir oz qovurib qizartirilgan yirik kartoshka, mayda
to’g’ralgan bodring, tuz bilan ezilgan sarimsoq, tuyilmagan murch va shakar solib,
past olovda tayyor bo’lguncha yana damlanadi. Taomni dasturxonga tortishdan oldin
ustiga mayda to’g’ralgan kashnich, petrushka
va ukrop sepish tavsiya etiladi.
500 g (lahm) go’sht uchun 300
g kartoshka (archilgan), 2-2,5 oshqoshiq yog’, 2 dona piyoz,. 2—3 oshqoshiq tomat, 2-3
dona tuzlangan bodring, 3—4 bo’lak sarimsoq, 1 choyqoshiq tuz va shakar,
4—5 dona tuyilmagan murch kerak bo’ladi. |