AYRON
— qatiqning kuv (guppi) da moyi ajratib
olingadan so’ng qolgan suyuq qismi. Bu ichimlik jazirama issiq kunlarda chanqoqni
bosadi. Ayrondan suzma (chakki), qurt ham qilish mumkin. Ayron tarkibida moy (.0,8—1,0%),
oqsil 13,37%, qand 4,7— 5%' hamda inson uchun zarur bo’lgan vitamin, aminokislota, ferment va mineral moddalar
bor.
O’zbekistonning ayrim shaharlarida ayron yog’och qoshiq bilan atalangan qatiq
yoki suzmaga qaynagan sovuq suv (1 kosa qatiq yoki suzmaga 1 stakan miqdorida suv)
qo’shib tayyorlanadi. Tayyor ayron muz solingan
shopiyolalarda dasturxonga tortiladi.
***
Ayron
ichimligi
Ayron
Kunning issiq taftini ketkazadigan va chanqoqni bosadigan ichimlik.
Masalliqlar:
-1stakan
qatiq
-1stakan
qaynatib sovitilgan suv
-tuz
-ko’katlar
Tayyorlash:
Avval qatiqni yaxshilab aralashtirib olamiz.
So’ngra
suv bilan aralashtiramiz va tuz solib yana aralashtiramiz.
Hohlaganlar ko’katlar (kashnich, ukrop, rayhon) solishi mumkin.