AJIN
— odatda, organizmning so’lib borayotganligidan darak
beruvchi belgi. Qarish
jarayonida terida bir qancha o’zgarishlar ro’y beradi. Qon
va limfa aylanishining buzilishi natijasida
eng avval yuz, bo’yin, qo’l panjalarining terisida
shunday o’zgarishlar yuzaga keladi.
Gavda terisining ochiq joylari doim tashqi
muhitning noqulay omillarn ta’sirida bo’lishi
tufayli terining bu joylarini kiyim berkitib
turadigan qismlariga nisbatap birmuncha tezroq ajin bosadi. Lekin ajinlar
hamisha ham qarishdan darak beravermaydi. Doim
peshanani tirishtirish, qoshlarni yuqoriga ko’tarish yoki qovoq solish, ko’z,
lablarni qisish, og’iz burchaklarini jiyirib, engakni bo’yinga taqayverishga odatlanish ham vaqtidan ilgari ajin tushishiga olib keladi.
Tashqi va ichki muhitniig noqulay omillari: quyosh, sovuq shamol va quruq havo ta’siri,
shuningdek organizmning uzoq kechadigan har xil xronik kasalliklari ham ajin tushishiga
sabab bo’ladi. yuz va bo’yin terisini parvarish
qilish qoidalariga rioya qilinmasa, spirtli eritmalar, terini oqartiradigan
mazlar ko’p ishlatilsa, surtilgan kosmetika
vositalaridan terini vaqtida tozalab turilmasa ham ajinlar paydo bo’lishi
mumkin. Tishlarning yo’qligi ham ajin paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi (bunda
yuz mushaklari zaiflashib qolib, terisi osilib tushadi va chuqur burmalar hosil
qiladi) Ko’pincha juda ozib ketish ham ajin tushishiga sabab bo’ladi.
Ajin tushishining oldini umuman
salomatlikni yaxshilash, to’g’ri ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish rejimiga
amal qila borish, fizkultura va sport bilan muntazam shug’ullanish, badanni oftobga
me’yori bilan toblash, yuzni qattiq shamoldan ehtiyotlash zarur. Umrbod ajin tushirmaydigan
kosmetika vositalari yo’q, lekin yuz, bo’yin, qo’l terisini muntazam to’g’ri parvarish
qilib borish ajinlarni kamroq seziladigan qiladi.
Kosmetolog vrachning tavsiyasiga binoan
yuzni vaqt-vaqtida massaj qildirib turish lozim.
***
Quruq
yuz terisi

Quruq yuz terisi yogli yuz terisiga qaraganda birmuncha yupqa, silliq va
noziqdir.Har bir quruq yuz terisi turlicha ko'rinishga ega bo'ladi.Yoshlikda b
uteri u qadar muammoli hisoblanmasada, tashqi muxit, yani shamol, sovuq,
issiq,oftob nuri, turli xil parfyumeriya vositalari bunday teriga salbiy ta'sir
qiladi.Bu teri vaqti-vaqti bilan namlantirib va oziqlantirib turilishi,
lozim.Aks holda yuzga erta ajin tushishi, tortishib qolishi, yaliglanishi
mumkin.Ertalab yuzni 1 litr suvga 1stakan sut qoshib yuvish afzal
hisoblanadi.Yuz terisining xaddan tashqari qurib ketishi organizmda A,C va PP
vitaminlarining etishmasi yoki jigar va oshqozon osti bezi xastaliklaridagi yog
almashuvining buzlishidan darak beradi.
***
100
g asal bilan 1 dona limon sharbati o'zaro aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan ushbu
massa toza yuzga, yupqa qatlamda surtiladi. 5-10 daqiqadan so'ng sovuq suvda
yuvib tashlanadi. quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.
6.
1 choy qoshiq asal, 2 osh qoshiq un va 1 dona tuxum oqini xamirga o'xshash
holatga kelgunga qadar obdon aralashtiriladi. So'nt yuzga surtib, 15 daqiqa
ushlab turiladi, keyin iliq suvda yuviladi. quruq yuz terisida qo'llash tavsiya
etiladi.
7.
2 osh qoshiq spitrga 2 osh qoshiq suv qo'shib, unga 1 choy qoshiq asalni olovda
bir oz isitib yaxshilab aralashtirib yuboriladi. Kechki payt 12 daqiqa yuzga
surtiladi. Ushbu niqob yuzni tozalaydi, uni turli mikro-blardan dizenfeksiya
qiladi va terini yumshatadi.
8.
35 g
asal, 90 g
arpa uni va 1 dona tuxum oqini ko'piksimon holatga keltirib, yaxshilab
aralashtiriladi. So'ng teriga surtib, 15 daqiqa turadi. Ajin tushishning oldini
oladi, shunyngdek, quruq yuz terisida qo'llash tavsiya etiladi.
9.
1 choy qoshiq asalni 10 ml yangi uzilgan pomidor sharbatiga aralashtirib
yuboriladi. Tayyor bo'lgan ushbu vositani yuzga surtib, 30 daqiqa ushlab
turiladi, So'ng suvda yuvib tashlanadi. Ajin tushishini oldini oladi, yuzdagi
dog'larni ketkazadi.
10.
Bir choy qoshiq miqdordan asal, gliserin va bitta tovuq tuxumini sarig'ini
obdon aralashtiring. Teringizni oziqlantirish uchun surkaysiz.
11.
2 osh koshiq iliq suvda bir choy qoshiq miqdorda asalari mumini eritasiz. Bir
qoshiq o'simlik moyida qizil qalampirning bir bo'lagini ezib olasiz. Ikkala
aralashmani qo'shasiz va quriqshab borayotgan teriga sur-kaysiz, Teri
yosharganday bo'lib ketadi.
12.
Erkaklar soqollarini olgandan keyin 1 choy qoshiqdagi asalni qaynatib ilitilgan
50 ml suvda aralashtirib yuzga sepsalar teri parvarishi yaxshilanadi.
2 choy qoshiksagi asal solib tayyorlangan vannada 20 daqiqa yotib
tursangiz asabiylikdan charchashdan xalos bo'lasiz, teridagi mayda ajinlar
tekislanadi.
***
Ko‘z atrofidagi ajinlar va
shishgan qovoqlar yostiqqa bog‘liq bo‘lishi mumkinmi? Ajinlar
Ko'z
atrofidagi teri juda yupqa, mayin, quruq bo'lishga moyil bo'ladi, aynan shu bois
ham ko'z atrofidagi teri kundalik nozik parvarish hamda namlantirib turishni
talab etadi. Agar siz qovoq terilariga yetarlicha e'tibor qilmasangiz, unda
ko'z atrofidagi ajinlar vaqtidan oldin paydo bo'lishi turgan gap. Lekin bu hali
yagona muammo emas. Shishgan qovoqlar, qizargan ko'zlar, ularning ostidagi qora
dog'lar bizni ajinlardan ham ko'proq tashvishga soladi. Xo'sh, bu
ko'ngilsizliklardan xalos bo'lishning iloji bormi?
Kosmetologlar
qovoq terisini 25 yoshdan keyin parvarish qilib borishni, agar teringiz quruq
bo'lsa, 20 yoshdan boshlab parvarish qilishni maslahat berishadi. Parvarish
ikkita asosiy bosqichdan iborat bo'ladi: demakiyaj, ya'ni ko'zni makiyajdan
tozalash va namlantirish. Qovoq terisini tozalash ularning qon bilan
ta'minlanishini yaxshilaydi va ajinlarning muddatidan oldin paydo bo'lishiga
to'sqinlik qiladi. Ko'zni makiyajdan tozalash uchun pardoz suti yoki quyuq va
yog'li teksturaga ega pardoz qaymog'idan foydalangan ma'qul.
Quruq teri
uchun aloe vera, kalendula va mavrak (shalfey)li pardoz suti tavsiya etiladi.
Ta'sirchan ko'zlar uchun bo'tako'z (vasilyok) ekstrakti qo'shilgan vosita juda
mos keladi. U shishlar, qizarish va allergik qichishdan xalos qiladi.
Shuningdek, undan charchoq ko'zlar uchun kompress sifatida ham foydalanish mumkin.
Bir marta
ishlatiladigan tozalovchi salfetkalar - demakiyaj uchun pardoz sutining ajoyib
muqobili hisoblanadi. Kosmetologlar ularni hatto juda ta'sirchan terida ham
yoki linza taqsangiz ham tavsiya etishadi. Salfetkalar gipoallergen bo'lib,
bioproteinlar va E vitamini bilan namlantirilgan. Shunday ekan, siz nafaqat
teringizni tozalaysiz, balki bir paytning o'zida uni namlantirasiz ham.
Xuddi yuz
uchun tonik yoki krem kabi demakiyaj uchun universal vositadan foydalanish
ko'pgina ayollarning eng katta xatosi hisoblanadi. Kechqurun bunday vositadan
foylanasiz, ertalab esa shishgan va qizargan ko'zlarga ega bo'lishingiz mumkin.
"Yuz terisi uchun foydalanadigan barcha vositalar qovoq terisiga umuman
to'g'ri kelmaydi. Qovoq terisi uchun alohida pardoz vositalaringiz bo'lishi
kerak, deya ta'kidlaydi "Medeya" salonida ishlovchi kosmetolog Marina
Arseneva. - Muammoli teri uchun gellarni, shuningdek har qanday sovunni umuman
ishlatmaslik zarur. Bunda siz nafaqat shish va allergiyani, balki ajinlarni ham
orttirib olishingiz tayin".
Bundan
tashqari, ko'zni makiyajdan tozalash uchun yaxshi vositani tanlabgina
qolmasdan, undan to'g'ri foydalana bilish ham juda muhim. Qovoqlarga surilgan
tenlar va podvodkani ko'zning ichki burchagidan tashqi burchagi tomon harakat
qilgan holda tozalaymiz. Kipriklar esa, orqa-oldinga qilingan harakatlar bilan
emas, balki yuqoridan pastga qarab tozalanadi. Har bir ko'z uchun alohida yangi
momiqli sponj ishlatamiz. Unga tozalovchi vositani juda ko'p qo'yish shart
emas, aks holda u ko'zga tushishi va uni achitishi mumkin.
Qovoq
terisini namlantirish va oziqlantirish

Kechki
parvarish. Ko'z makiyajdan tozalanganidan keyin qovoqlarga yengil nuqtali
urishlar yordamida krem suramiz. Harakatlar ko'zning tashqi burchagidan burun
tomonga qaratilgan bo'lishi kerak. Krem teriga uqalab singdirilmaydi, aksincha
u o'zi singib ketgunga qadar kutiladi. Qovoq parvarishi uchun yengil
emulsiyalarni va yog'lar asosidagi gelsimon kremlarni tanlagan ma'qul. Ular
terini namlantiradi va tonusini oshiradi, ko'z atrofida joylashgan limfa
tomirlarining faoliyatini yaxshilaydi.
Agar ko'z
atrofida ajinlaringiz bo'lsa, unda sizga kollagen asosidagi krem kerak bo'ladi.
Yoshi ulg'aygan teri uchun krem-gellarni emas, balki keksayishga qarshi,
masalan revitolli yoki kamfara moyi qo'shilgan emulsiyalar va zardoblarni
tanlagan yaxshiroq.
Shishgan va
qizargan qovoqlar
Ko'zingizdagi
kosmetikani to'g'ri tozalab, qovoqlarni krem bilan oziqlantirsangiz ham, agar
to'yib uxlamasangiz yoki noqulay karavotda yoki yostiqda uxlasangiz, baribir
toliqqan ko'zlar va shishlardan xalos bo'lmaysiz.
Kichik
tomirchalar yorilishi natijasida qizargan ko'zlar - to'yib uxlamaslikning yana
bir oqibatidir. Ko'zlardagi qizarishni bartaraf etish uchun ko'zlaringizni
yumgan holda ularning ustiga bodring parrakchalarini yoki qora choyga yoki
moychechak, yalpiz, mavrak (shalfey) yoki jo'ka guli (lipoviy svet) damlamasiga
(bir stakan qaynab turgan suvga bir osh
qoshiq giyoh) namlantirib olingan momiqni qo'ying.
Gap
shundaki, shishgan qovoqlar va ko'z atrofidagi ajinlar uyqu paytida boshni
noto'g'ri qo'yish oqibatida ham paydo bo'ladi. Haddan tashqari baland yostiq
qovoq terisidagi vena oqimini buzadi va ko'zlarning solqishiga olib keladi.
Yuzni yostiqqa qo'yib yotish, ko'zlar atrofida chuqur ajinlar paydo bo'lishiga
turtki bo'ladi, shu bois qorin bilan yotish tavsiya etilmaydi. Yostiq silliq
hamda lateks yoki xotirali ko'pikdan tayyorlangan bo'lishi lozim. Bunday
material boshingizning holatini fiksatsiya qiladi va uni eslab qoladi.
Shuningdek grechka po'chog'i bilan to'ldirilgan yostiq ham ajoyib narsa
hisoblanadi, lekin po'choq shiqirlagani bois, ko'pchilik bunday yostiq uxlashga
xalaqit berishidan shikoyat qiladi.

Bundan
tashqari, yaxshi shamollatilgan xonada, elektromagnit nurlanish manbai, ya'ni
televizor, kompyuter yo'q xonada sutkasiga kamida 8 soat uxlash zarur. Karavot
shimol-janub yo'nalishida turishi lozim. Tezroq uyquga ketish uchun uyqu
oldidan bo'shashtiruvchi issiq vanna qabul qiling va bir stakan asalli sut
iching.
|